Ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan “uddaburon”lar ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo va Namanganda pul evaziga ishga joylashtirib qo‘yishni taklif qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Z.A. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 1 500 AQSH dollari evaziga tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yishini va’da qilgani aniqlangan. Ushbu shaxs jami pullar hisobidan 18,5 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.I. fuqaro T.U.ning ishonchiga kirib, uning farzandini "O‘zbekiston temiryo‘llari" AJga qarashli Pop tuman temiryo‘l korxonasiga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi departamentning xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda Milliy gvardiyaga ishga joylamoqchi bo‘lgan firibgarlar  qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

firibgarlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing