Ikki viloyatda adliya boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sunatillo Tojimurodovich Abdurasulov Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, S. Abdurasulov 1984 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2006 yilda Samarqand davlat universitetini, 2008 yilda Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasini tamomlagan, mutaxassisligi – huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2007 yilda Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirga qadar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatida ham adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi.

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Saloxiddin Ulug‘bekovich Sattarov Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, S. Sattarov 1980 yilda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi – huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2002 yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasida katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirgi vaqtga qadar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Sirdaryo tayinlov Adliya huquqshunos

Baholaganlar

409

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing