Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Sexudo faoliyatini tiklashi mumkin

Sport

image
0:00
0:00
download

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni va Olimpiada chempioni Genri Sexudo sportdagi faoliyatini davom ettirishi mumkin. 

Jangchining so‘zlariga ko‘ra, u oktagonga qaytishni va tez orada rossiyalik Petr Yan va amerikalik Aljameyn Sterling bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. 

“So‘nggi yangiliklarni kuzatib boring. Uch karra chempion qaytadi. Menimcha, Yan va Sterling o‘rtasida javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shaxsan men ikkalasini ham mag‘lub etishni istardim”, degan Sexudo. 

Ma’lumot o‘rnida, Sexudo faoliyati davomida professional darajada 18 ta jang o‘tkazib, 16 marta g‘alaba qozongan va ikki bor mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. 

2020 yilning may oyida u sportdan ketishini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Genri Sexudo

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing