Ikki top darvozabon “Al-Nasr” taklifini rad etdi
Sport
−
26 fevral 2024 4650 1 daqiqa
Qishki transfer oynasi vaqtida Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi ikki nafar darvozabonni sotib olishga urinib ko‘rdi. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Al-Nasr” yuqori saviyali darvozabon izlayapti va yangi posboniga yiliga 30 million yevrogacha maosh taklif qilishga tayyor.
Ar-Riyod klubi “Bavariya” a’zosi Manuel Noyer va David De Xeaga murojaat qildi, biroq ikkalasi ham rad javobini berdi. Uzoq muddatli tiklanishdan so‘ng maydonga qaytgan Noyerning ahvoli yaxshi bo‘lsa ham, De Xea esa o‘tgan yilning iyul oyidan beri erkin agent bo‘lganiga qaramay, Saudiya Arabistoniga o‘tishni istamadi.
Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida “Al-Nasr” 20 uchrashuvda 24 ta gol o‘tkazib yubordi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Al-Hilol”dan sezilarli ortda qolmoqda.
Live
Barchasi