Ronaldu Oq uyda. Tramp shohona kechki ovqat uyushtirdi (video)

Olam

image

Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning “Al-Nasr” futbol jamoasi sardoi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmonning AQSHga tashrifi munosabati bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan tantanali kechki ovqatda qatnashdi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.

Kechki ovqatda asosiy mehmon valiahd shahzoda, qabul qiluvchi tomon – Tramp va uning rafiqasi Melaniya Tramp bilan birga AQSH Davlat kotibi Marko Rubio, Moliya vaziri Skott Bessant va Mudofaa vaziri Pit Hegset ham ishtirok etgan.

Shuningdek, Saudiya futbol klubi “Al-Nasr” safida o‘ynovchi Krishtianu Ronaldu, FIFA prezidenti Janni Infantino, Amazon asoschisi Jeff Bezos va amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask ham mehmonlar orasida bo‘lgan.

Kechki ovqat davomida Tramp Ronalduning tashrifi bois o‘g‘liga maqtanishini aytgan. 

“Bilasizmi, o‘g‘lim Ronalduning ashaddiy muxlisi... Berron u bilan uchrashishga muvaffaq bo‘ldi va o‘ylaymanki, endi u otasini biroz ko‘proq hurmat qiladi – shunchaki ularni tanishtirganim uchun”, degan AQSH Prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida AQSH Prezidenti Donald Trampdan mashhurroq ekanini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Muhammad bin Salmon Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing