Ikki Prezident Putinning taklifini qabul qildi

Olam

image

Avvalroq, Rossiyada koronavirus pandemiyasi sabab qoldirilgan G‘alaba paradi joriy yilning 24 iyun kuni o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Har yili Moskvadagi G‘alaba paradida boshqa davlatlar rahbarlari ishtirok etadi. Joriy yilda ham bu an’anadan voz kechilmaydi. RIA Novosti agentligining xabar berishicha, hozirgacha Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Moldova Prezidenti Igor Dodon Moskvaga kelishga rozilik bergan.

Ma’lumot uchun, bu yilgi G‘alaba paradida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etishi taxmin qilinayotgandi. Ammo bu bo‘yicha hozircha rasmiy xabar berilmagan.

RF Prezident Vladimir Putin G‘alaba paradni 24 iyun kuni o‘tkazish bo‘yicha Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga ko‘rsatma berdi.


Maqola muallifi

Teglar

G'alaba paradi

Baholaganlar

644

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing