Ikki oyda eng ko‘p korrupsiya holati aniqlangan hududlar reytingi tuzildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning iyun-iyul oylarida O‘zbekiston bo‘yicha byudjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 141 mlrd so‘mlik 458 ta tanlovda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlarning talablari buzilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.

Agentlik tomonidan o‘tkazilgan monitoring tadbirlarida:

  • Andijon viloyatida 34,4 mlrd so‘mlik (104 ta);
  • Toshkent shahrida 19,5 mlrd so‘mlik (51 ta);
  • Toshkent viloyatida 13,9 mlrd so‘mlik (50 ta);
  • Surxondaryo viloyatida 13,8 mlrd so‘mlik (43 ta);
  • Samarqand viloyatida 12,8 mlrd So‘mlik (50 ta);
  • Qashqadaryo viloyatida 12,5 mlrd so‘mlik (41 ta); 
  • Jizzax viloyatida  8,3 mlrd so‘mlik (20 ta);
  • Buxoro viloyatida 7,3 mlrd so‘mlik (33 ta);
  • Xorazm viloyatida 5,3 mlrd so‘mlik (18 ta);
  • Navoiy viloyatida 5,2 mlrd so‘mlik (16 ta);
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,4 mlrd so‘mlik (11 ta);
  • Namangan viloyatida 2,6 mlrd so‘mlik (11 ta) hamda
  • Farg‘ona viloyatida 2,0 mlrd so‘mlik (10 ta) tanlovlar bo‘yicha davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilgani ma’lum bo‘lgan.

Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

225

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing