Ikki mashina orasida qolib ketgan 3-sinf qiz vafot etdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Namanganda bir-biri bilan to‘qnashgan M-412 va Nexia-2 rumsumli avtomobillari orasida qolib ketgan 3-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 4 oktyabr kuni taxminan soat 18:30 larda Burilma-Uchqo‘rg‘on yo‘lining 7-kilometrida Uchqo‘rg‘on tumani O‘ljato‘pi MFY hududida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, 3-sinf o‘quvchisi M-412 rusumli avtomobil ishonch qog‘ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi yo‘liga chiqib ketgan. Shu sabab haydovchi harakat yo‘nalishini o‘zgartirib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Qarshisidan harakatlanib kelayotgan Nexia-2 rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. 

YTH oqibatida ikki mashina orasida qolib ketgan piyoda og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing