Ikki kishini pichoqlagan namanganlik “razborshik” 20 yilga qamaldi

Jamiyat

image

2018 yilning 27 oktyabrida Namangan shahrining “Go‘zal” dahasida joylashgan “Barlos” kafesi yaqinida mudhish qotillik jinoyati sodir etilgandi.

Shu kuni mahalliy “razborshik” sifatida tanilgan 24 yoshli N. K. qahvaxonada ikki yigit bilan mojaroga boradi va tashqariga chiqqanda ulardan birining yuragiga pichoq uradi. Natijada “Oromgoh” dahasida yashab kelgan 21 yoshli J. J voqea joyida halok bo‘ladi. Uning sherigi esa qornidan yaralanadi.

Tezkor ravishda qo‘lga olingan qotil ustidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yaqinda oxiriga yetkazildi. U jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “l” bandi, 25, 97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud hukmiga ko‘ra, endi N.K.umrining 20 yilini qattiq tartibli koloniyada o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing