Ikki hududda 50 nafarga yaqin bemor koronavirusdan sog‘aydi
Jamiyat
−
02 iyun 2020
5562Navoiy viloyati va Toshkent shahrida jami 49 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 2 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
"Navoiy viloyatida 42 nafar, Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 2 nafar, jami 49 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Navoiyda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (35 nafari Zarafshon shahridan, 4 nafari Xatirchi tumanidan, 2 nafari Konimex tumanidan, 1 nafari esa Uchquduq tumanidan) bo‘lib, 26 nafari erkak, 16 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 64 yoshda, yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan chaqaloq. Endilikda mazkur viloyatda sog‘ayganlar 54 nafarga yetdi.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 54 yoshda, yoshi kichigi 31 yoshda. Ularning 3 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan.
Shuningdek, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari (63 yoshli erkak) poytaxtimizdan, yana 1 nafari (33 yoshli erkak) Qozog‘iston Respublikasidan.
Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida sog‘ayganlar 1127 nafarga yetdi. Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 2908 nafarga yetdi.
LiveBarchasi