Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi o‘zgartirildi

Jamiyat

−

image

“Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi. 

Unga ko‘ra:

•    ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablariga o‘quvchilar 5-sinfdan (avval 2-sinfdan), maktab-internatlarga 7-sinfdan (avval 5-sinfdan) qabul qilinadi;

•    ixtisoslashtirilgan sinflarga hujjatlar har yili 1–30 iyun kunlari (avval 1-30 iyul) qabul qilinadi;

•    o‘quvchilardan talab etiladigan hujjatlar soni 5 dan 3 taga qisqartirildi;

•    ixtisoslashgan maktablarga saralash tanlovlari endilikda Davlat test markazi tomonidan (avval maktab komissiyasi) o‘tkaziladigan bo‘ldi;   

•    saralash natijalariga ko‘ra ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga ballar ketma-ketligi bo‘yicha (avval 70 foizdan yuqori bo‘lsa) belgilangan kvotaga muvofiq qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing