Ikardi va Nara mojarosi davom etadi

Sport

image

PSJ hujumchisi Mauro Ikardi turmush o‘rtog‘i Vanda Naraga xiyonat qilmaganini ta’kidlashda davom etmoqda.

Avvalroq, Mauro Ikardi xotinini kolumbiyalik model Chayna Suares bilan uchrashmaganiga ishontirgani biroq Chaynaning tanishi Vanda Naraga ikkisining uchrashuvi haqida batafsil ma’lumot beruvchi elektron pochta xabarini yuborgani haqida xabar bergan edik.

Naraning dugonasi – argentinalik jurnalist Ianina Latorre shov-shuvli mojaro tafsilotlari haqida ma’lumot berdi. U futbolchi bilan gaplashgan va Mauro haqiqatan ham model Chayna Suares bilan Parijdagi mehmonxonada uchrashganini va u yerda boshqa shaxs nomiga xona buyurtma qilganini tan olgan. Biroq futbolchining ta’kidlashicha, ular o‘rtasida hech qanday yaqinlik bo‘lmagan. Ikardi ta’kidlashicha, qizga u so‘raganidek o‘z futbolkasini bergan, keyin esa o‘zini yomon his qilgan va isitmasi ko‘tarilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyida, Nara Ikardini xiyonatda ayblab, ijtimoiy tarmoqlarda u bilan birgalikda tushgan barcha suratlarini o‘chirib tashlagan edi. Biroq vaqt o‘tgach, juftlik yarashib olgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Ma’lumot uchun, Ikardi Nara bilan 2014 yilda tanishgan. O‘shanda Vanda argentinalik boshqa bir futbolchi Maksi Lopesdan voz kechib, Mauro bilan ishqiy munosabatga kirishgan. Lopes Lionel Messining yaqin do‘sti hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij PSJ Mauro Ikardi Vanda Nara Chayna Suares Ianina Latorre

Baholaganlar

78

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing