Ikardi dunyodagi eng qimmat 3 ta mashinadan birini sotib oldi 

Sport

image

Argentinalik futbolchi Mauro Ikardi dunyodagi eng qimmat avtomobilni xarid qildi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Turkiyaning “Galatasaroy” klubi hujumchisi faqat 3 nusxada ishlab chiqarilgan Rolls-Royce Boat Tail rusmli avtomashinani sotib olgan. Mazkur modelning narxi 26 million yevroni tashkil etadi, ahamiyatlisi Mauro Ikardining “Transfermarkt” portalidagi taxminiy narxi 19 million yevro deb belgilangan.

Rolls-Royce Boat Tail 4 o‘rindiqli kabriolet bo‘lib, uning orqa qismida stol, teleskop hamda soyabon mavjud. Shuningdek, mashina ikkita muzlatgich bilan jihozlangan. Mazkur mashinaning birinchisi biri marvarid biznesi bilan shug‘ullanuvchi sanoatchida, ikkinchisi Jay-Z va Beyonseda va uchinchisiga esa endilikda Ikardi egalik qiladi. 

Ma’lumot uchun, Mauro Ikardi 2022 yilda PSJdan “Galatasaroy”ga ijaraga berilgan va u 2022/2023 yilgi mavsumda 24 ta o‘yinda maydonga tushib,  22 ta gol urgan hamda 7 ta assistga mualliflik qilgan. Mauro 2020 yil Parij klubiga “Inter”dan 50+8 mln yevro evaziga o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Mauro Ikardi Galatasaroy Rolls-Royce

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing