Mourino raqib murabbiyiga hujum qildi (video)
Sport
−
03 aprel
3647Kecha, 2 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Turkiya kubogi doirasidagi “Fenerbaxche”-“Galatasaroy” o‘yinida mezbonlar murabbiyi Joze Mourino mehmonlar ustozi Okan Burukning burnidan tortdi.
Ushbu o‘yinda 2:1 hisobida “Galatasaroy” g‘alaba qozondi. Dastlab, Osimhen 10-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 27-daqiqada o‘z hisobiga dublni rasmiylashtirdi. Birinchi taymning so‘nggida “Fenerbaxche” futbolchisi Sebastyan Shimanski oradagi farqni bittaga qisqartirdi. Uchrashuv so‘nggida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida mezbonlar futbolchisi Mert Hoqon va “Galatasaroy” o‘yinchilari Karim Demirbay hamda Barish Alper qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.
Tez orada mamlakat futbol federatsiyasi Mourino va Okan Burak o‘rtasida bo‘lib yutgan holatni o‘rganib, tegishli jazo choralarini belgilashi kutilmoqda.
Shu tariqa, o‘yinda g‘alaba qozongan “Galatasaroy” Turkiya kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Endi klub 22 aprel kuni yarim finalda “Konyaspor”ga qarshi maydonga tushadi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

