Iqtisodiyot vazirligi yana qayta tashkil qilinadi. Endi u kambag‘allikka ham javobgar bo‘ladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda yangi ish o‘rinlari yaratishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 

Shu bilan birga, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi sifatida qayta tashkil etilishi ma’lum qilinib, uning asosiy vazifalari ko‘rsatib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi kambag‘allik bo‘yicha ilk bor davlat rahbarining o‘zi parlamentga murojaatnomasi vaqtida aytib o‘tgandi. O‘shanda Prezident mamlakatda 4-5 mln odam kambag‘allikda yashashini aytib o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, hozirgi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 2019 yilning 11 yanvarida Prezidentning “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Iqtisodiyot vazirligi negizida tashkil etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

vazirlik kambag'allik

Baholaganlar

77

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing