Andijonda 400 ming aholini kambag‘allikdan olib chiqish kerak – Mirziyoyev
Jamiyat
−
16 fevral
5290Andijonda ishsizlik 9,1 foizdan 7 foizga tushdi. Bu haqda Xonobod tumanida Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha qilinishicha, Andijon aholisining tadbirkorlikdan olayotgan daromadi 1,5 baravarga oshgan. Biroq Mirziyoyev bu ko‘rsatkichlar hali yetarli emasligi, yana 400 ming aholini kambag‘allikdan olib chiqish zarurligini ta’kidlagan.
Yangi reyting bo‘yicha Andijondagi bor-yo‘g‘i 461 nafar tadbirkor yuqori baholangani, aholini tadbirkorlikka jalb qilish sustligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shuningdek, mutasaddilarga 335 ming aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik loyihalariga 8 trillion so‘m kredit berish, aholini kichik biznesga keng jalb qilish orqali Xo‘jaobod, Shahrixon, Buloqboshi tumanlarida kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish namunasini yaratish topshirilgani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident pora bilan ushlangan Kogon prokurori bo‘yicha ba’zi tafsilotlarni ochiqlagan edi.
LiveBarchasi