IJF Bobonovni 10 000 AQSH dollari bilan mukofotladi

Sport

image

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2021 yilni o‘z vazn toifasining reyting peshqadami sifatida yakunlagan 14 nafar dzyudochini mukofot tariqasida 10 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirladi.  

Pul mukofotiga ega chiqqanlar orasida Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori o‘zbekistonlik Davlat Bobonov ham bor. Navoiylik sportchi 90 kg vazn toifasi reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Qayd etilishicha, IJF shu yo‘l bilan 14 ta vazn toifasida Olimpiada yilini birinchi o‘rinda yakunlagan dzyudochilarni taqdirlashga qaror qilgan. 

E’tiborli tomoni shundaki, dzyudo vatani hisoblangan Yaponiyadan hech bir sportchi o‘z vaznida peshqadamlikni qo‘lga kiritmagan. Reyting karvonboshisi sifatida to‘rt nafar fransiyalik, ikki nafardan Gruziya, Rossiya va Kosovo dzyudo vakillari qayd etilgan.

2021 yil o‘z vazn toifalari bo‘yicha reyting peshqadamlari. Erkaklar:

60 kg: Yang Yung Vey (Xitoy Taypeyi) 5 140 ochko
66 kg: An Baul (Janubiy Koreya) 5 240 ochko
73 kg: Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) 5 475 ochko
81 kg: Tato Grigalashvili (Gruziya) 6 592 ochko
90 kg: Davlat Bobonov (O‘zbekiston) 7 536 ochko
100 kg: Arman Adamyan (Rossiya) 5 420 ochko
+100 kg: Tamerlan Bashayev (Rossiya) 6 250 ochko

Ayollar:

48 kg: Distria Krasniki (Kosovo) 5 920 ochko
52 kg: Amandin Bushar (Fransiya) 5 890 ochko
57 kg: Nora Gjakova (Kosovo) 5 880 ochko
63 kg: Klarisse Agbegnenou (Fransiya) 7 200 ochko
70 kg: Barbara Matich (Xorvatiya) 5 595 ochko
78 kg: Madelin Malonga (Fransiya) 5 940 ochko
+78 kg: Roman Diko (Fransiya) 6 450 ochko

Ma’lumot uchun, 2022 yilgi dzyudo mavsumi Portugaliya Gran-prisi bilan boshlanadi. Odivelash shahri mezbonlik qiladigan ushbu turnir 28-30 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Dzyudo Davlat Bobonov IJF

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing