Telegram
Birinchi biling!
3-sahifa
−
03 Oktabr 2022
43972Joriy yilning 29 sentyabr kuni ikki kishi o‘zaro kelishmovchilik sabab Ichki ishlar vazirligi xodimini o‘ldirib, jasadni daryoga tashlab yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, IIVda boshqarma tezkor vakili lavozimida ishlagan xodim o‘zaro kelishmovchilik natijasida ikki nafar shaxs tomonidan qasddan o‘ldirilgan va jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan.
O‘tkazilgan qidiruv harakatlari davomida jabrlanuvchining murdasi daryodan topilgan. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
BPga ko‘ra, tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
LiveBarchasi