IIV Akademiyasi va Farg‘ona viloyati IIB boshliqlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. 

Unga ko‘ra, polkovnik Alisher Allambergenovich Abdullayev IIV Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Tayinlovga qadar A.Abdullayev IIV Akademiyasi boshlig‘ining moliya va moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Fayzulla Qosimovich Ortiqboyev Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

 

Tayinlovga qadar F.Ortiqboyev IIV Kadrlar bosh boshqarmasi kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish boshqarmasi maxsus tayyorgarlik va malaka oshirishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ichki ishlar vazirligi

Baholaganlar

223

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing