IIBdan o‘ligi chiqqanlar. G‘iyosov Andijon va Qashqadaryodagi holat faktlariga to‘xtaldi
Jamiyat
−
24 iyun 2020
17380Yanvar oyida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida va joriy yil iyun oyida Andijon shahrida ro‘y bergan holat Ichki ishlar tizimiga tushgan katta dog‘. Bu holatni kechirib bo‘lmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov “Yuksalish” umummilliy harakatida o‘tgan jamoatchilik muloqotida so‘z ochdi.
“Albatta, joriy yilning 30 may kuni Andijon shahrida sodir etilgan mudhish voqea, undan oldin 22 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi bizni xodimlar tomonidan sodir etilgan jinoyat, kechirib bo‘lmas holat, tizim sha’niga tushgan katta dog‘. Bundan keyin har qancha ijobiy sa’y-harakat qilmaylik, bu dog‘lar bizlarni kamchiligimiz xaqida doim eslatib turadi”.
G‘yoisovning qayd etishicha, ushbu holat ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilmaganda “yopdi-yopdi” bo‘lib ketar edi, degan taxminlar o‘rinsiz. Bunga to‘xtalarkan u shunday deydi:
“Barchani e’tiborini shunga qaratmoqchimanki, agar ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan shaxsga nisbatan jarohat yetkazilganligi aniqlansa, bu favqulodda xodisa sifatida baholanadi. Kechiktirmasdan guruh tuzilib, voqeaning barcha tavsilotlari o‘rganiladi.
Ayrimlar “Mana yaxshiyam bu ijtimoiy tarmoqlarda tarqadi, bo‘lmasa ish yopdi-yopdi bo‘lib ketardi” yoki “Bular xech qanday chora ko‘rmas edi” deyishmoqda. Bu mutlaqo noto‘g‘ri, assosiz gaplar. O‘z safimizni tozalash, birinchi navbatda bizni o‘zimizga kerak”, deydi G‘iyosov.
U so‘zida davom etarkan, Andijon va Qashqadaryoda Ichki ishlar xodimlari qiynoqlari va tahqirlashlari oqibatida vafot etgan shaxslarga oid ish haqidagi ma’lumotlarni ochiqladi. Ular quyidagicha:
Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQB tezkor vakili E.Rayimjonov, hamkasblari F.Husanboyev va Q.Qodirovlar bilan birga fuqaro A.Sotvoldiyevning “Rubin” nomli qimmatbaho toshini olib qaytarib bermayotgan A.Abdukarimov (marhum)ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab 2020 yil 17 aprel kuni yozgan arizasi yuzasidan o‘zboshimchalik bilan tekshiruv olib borgan. 30 may kuni A.Abdukarimov shifoxonaga yotqizilgan, 11 iyun kuni vafot etgan.
Holat bo‘yicha quyidagi choralar ko‘rilgan:
• E.Rayimjonov, F.Husanboyev va Q.Qodirovlarga nisbatan JKning 206-moddasi 1-qismi, 234-moddasi 1-qismi, 235-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan;
• Andijon shahar IIO FMB 4-son IIB boshlig‘i podpolkovnik P.N.Mamajonov va 4-son IIB navbatchilik qismi navbatchisi kapitan A.A.Turaqulov ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan;
• Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik S.Usmonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan;
19 nafar xodim turli intizomiy jazo olgan.
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, Langar qishlog‘ida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro Yu.Abdirahmonov 22.01.2020 yil soat 19:00 larda Chiroqchi tumani IIO FMB ma’muriy binosiga olib kelingan va soat 23:30 larda binoning 3-qavatida joylashgan Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili kapitan B.Ochilovning xizmat xonasida vafot etgan.
Holat bo‘yicha quyidagi choralar ko‘rilgan:
• Chiroqchi tumani 4-sonli IIB boshlig‘i mayor N.T.Ovlayev, shu bo‘lim jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili kapitan A.S.Jankabilovlarga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi, 206-moddasi 1-qismi va 235-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish sudga oshirilishi arafasida;
• Chiroqchi tumani IIO FMB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari mayor Yu.O‘.Mengnorov, Chiroqchi tumani bo‘yicha IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori mayor Sh.E.Raxmonov ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatilgan;
• Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari polkovnik S.T.Turdiyev hamda Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik N.N.Qobilovlar o‘zlari ariza berib IIOlaridan bo‘shagan;
• Chiroqchi tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i mayor F.R.Yusupov, uning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik N.U.Ismatov, Tergov bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik D.Yu.Rasulov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, xozirda ular Qashqadaryo viloyatini boshqa tumanlarida rahbar bo‘lmagan lavozimlarda xizmatini davom ettirmoqda;
• Chiroqchi tumani bo‘yicha IIO FMB Tashkiliy bo‘lim Navbatchilik qismi katta inspektor navbatchisi kapitan S.J.Xudoyqulov va Chiroqchi tumani bo‘yicha IIO FMB Tashkiliy bo‘lim Navbatchilik qismi katta inspektor navbatchisi vazifasini bajaruvchisi katta leytenant F.Z.Yodgarov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan;
• 4 nafar xodim turli intizomiy javobgarlikka tortilgan.
LiveBarchasi