IIBdan chiqqan rahbar Nukus tumaniga hokim bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda “Davlat boshqaruvi” Telegram-kanalida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Ziyauatdin Imamatdinovich Zaytov Nukus tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Tayinlovga qadar Z.Zaytov Nukus shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyati muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Shuningdek, u Chimboy tumani IIB boshlig‘i, Qo‘ng‘irot tumani, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ham xizmat qilgan. 

Nukus tumaniga shu vaqtga qadar Umirbay Usnatdinov hokimlik qilib kelayotgan edi. U 2020 yil aprel oyi oxirlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisining buyrug‘i bilan Nukus tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Undan avval esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri vazifasini bajargan.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus Qoraqalpog'iston Ziyauatdin Zaytov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing