IIBdagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkum o‘z joniga qasd qildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Bekobod shahar Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli vaqtincha saqlash hibsxonasida saqlanayotgan 23 yashar erkak o‘z joniga suiqasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 17 iyun kuni soat 01:00 larda Bekobod shahar Ichki ishlar boshqarmasi vaqtincha saqlash hibsxonasida saqlanayotgan 2000 yilda tug‘ilgan A.S. hibsxona kamerasidagi panjaraga choyshab bog‘lab, o‘zini osgan. Shu jarayonda u kameradoshlari tomonidan qutqarib qolingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

IIB suiqasd hibsxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing