IIBB Yunusoboddagi masjidda sodir bo‘lgan voqeaga izoh berdi

Jamiyat 34410
image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yunusobodda masjidlardan birida bo‘lgan holat ekan” sarlavhali video tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 26 noyabr kuni Yunusobod tumanida o‘tkazilgan juma namozi davomida imom-xatib bir yigit Islomni qabul qilib, musulmon bo‘lmoqchi ekanligini ma’lum qiladi.

So‘ng yigitga so‘z berilgan. U jamoatga rus tilida murojaat qiladi. Ko‘pchilik uning so‘zlarini to‘g‘ri tushunadi, ammo bir erkak holatga norozilik bildirishni boshlaydi. Masjiddagi ayrim kishilar uni ko‘chaga olib chiqadilar.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs – 41 yoshli A. ismli fuqaro bo‘lib, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida hisobda turar ekan. Keyinchalik u tibbiyot muassasasiga davolanish uchun joylashtirilgan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 2735
Reyting: 3
Teglar
t
×