IIBB Toshkentdagi qimmatbaho avtomobillar haydovchilarini yig‘di
Jamiyat
−
11 Sentabr 2019
16624Bir necha kundirki, O‘zbekistonda, xususan poytaxt Toshkentda to‘y kortejlari masala yana trendda turibdi. IIBBning ta’kidlashicha, To‘y kortejlari yo‘l harakatiga xavfsizligiga tahdid solmoqda,
IIBBning ma’lum qilishicha, 2019 yil boshidan buyon to‘y kortejlari safida harakatlangan avtomobil haydovchilariga nisbatan 152 ta bayonnoma tuzilgan, ulardan 16 tasi – takroriy qoidabuzarlik.
Shu munosabat bilan IIBB to‘ylarda kortej xizmati tashkil qiluvchi firmalar hamda ushbu kortejlar tarkibida harakatlanayotgan avtomobillar haydovchilari bilan uchrashib ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazdi. Umumiy hisobda suhbatda 40 kishi ishtirok etdi.
Shu bilan birga to‘ylarda ortiqcha dabdaba va kortejlar uyushtirib yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid solish nafaqat IIBB, balki keng jamoatchilik tomonidan tanqid qilinishi kerakligini ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik kodeksining 129-moddasiga asosan, avtomobil yo‘llarida guruh bo‘lib harakatlanish – eng kam ish haqqining uch baravari miqdorida jarimaga solinishiga sabab bo‘ladi.
LiveBarchasi