To‘y korteji ishtirokidagi YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 27 dekabr kuni Tojikistonning Xatlon viloyati Dang‘ara-Sarband avtomobil yo‘lida to‘y korteji bilan yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

Sarband tuman markaziy shifoxonasi bosh shifokorining o‘rinbosari Davronbek Musayevning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida kelinning to‘rt nafar yaqin qarindoshi vafot etgan, yana to‘rt kishi jarohatlangan.

To‘y korteji Vose tumanidan Jaloliddin Balxiy tumaniga kelinni olishga yo‘l olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kortejdagi elektromobil qarama-qarshi yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan Lexus bilan to‘qnashgan. 

Elektromobilning uch nafar yo‘lovchisi – 17 yashar Subhoni Safari, 42 yashar Nur Shamsiddinov, 15 yashar Hafiza Shamsiddinova va shuningdek, haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Ularning barchasi Vose tumani aholisi. Lexus yo‘lovchilari og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Hodisaning sabablarini aniqlash ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyada muzlama sababli yirik yo‘l-transport hodisasi yuz bergandi. Tezkor avtomagistralda 50 dan ortiq avtomobil to‘qnashgan, ulardan kamida 10 tasi yonib ketgan. Ommaviy avariya oqibatida bir nafar keksa ayol vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston To'y korteji yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing