IIBB Toshkent yo‘llaridagi e’lonlardan ogohlantirdi (video)

Jamiyat

image

So‘nggi kunlarda Toshkent shahri ko‘chalarida narkosavdogarlarga aloqador e’lonlar kuzatilmoqda. Ularda Rossiyada katta maosh to‘lanadigan ish taklifi haqida yozilgan. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ogohlantirish bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, e’lonlarda “Rossiyada 1000 dollarga ish. Telegram dan bizga yoz”, deb yozib qo‘yilgan. Bunday reklamalar asosan Telegram-kanal, guruh yoki bot reklamasi hisoblanadi. Ularda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning tuzog‘i mavjud.

“Bunday e’lonlarni ko‘rib qolsangiz, darhol ichki ishlar organlariga murojaat qilishingiz zarur. Aslo bunday e’lonlarga aldanib qolmang. Ular narkografiti deb ataladi. Buning uchun javobgarlik belgilangan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida Toshkent viloyatida 12,3 kg giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

e'lon narkosavdogar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing