Farg‘onada tog‘a va jiyan narkosavdogarlar qo‘lga olindi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tog‘a va jiyan narkosavdogarlar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘qon shahrida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina Uchko‘prik tumani hududida tekshirilgan. Uning salonida 4 kg 41 gr “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, mazkur fuqaroning uyidan ham 867 gr “gashish” moddasi olingan. Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu giyohvandlik vositalari uning 1980 yilda tug‘ilgan tog‘asiga tegishli ekani aniqlanib, u ham qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, ushbu moddalar qo‘shni respublikadan olib kelingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) va 273-moddasi (giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Rishton tumani “Dehqonobod” mahallasida yuk mashinaning g‘ildiraklaridan qariyb 20 kg og‘irlikdagi giyohvand modda topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

gashish narkosavdogar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing