O‘zLiDeP fraksiyasi tuzildi. Xaitov unga rais bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 18 yanvar kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 53 nafar deputatdan iborat O‘zLiDeP fraksiyasi tuzildi. Fraksiya raisligiga partiyaning amaldagi  raisi Aktam Xaitov tasdiqlandi.

“Saylovlar tugadi, ammo kurash davom etadi”, dedi Xaitov partiyadoshlariga qarata.

Eslatib o‘tamiz, O‘zLiDeP 22 dekabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovida g‘olib bo‘ldi. Partiya Oliy Majlis quyi palatasida eng ko‘p 53 o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

fraktsiya O'zLiDep

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing