Falastin fraksiyalari Pekinda kelishmovchilikni tugatish deklaratsiyasini imzoladi

Olam

image

Falastinning 14 ta fraksiyasi vakillari, jumladan Falastin milliy ozodlik harakati va HAMAS bo‘linishni tugatish va Falastin milliy birligini mustahkamlash deklaratsiyasini imzoladi. Yarashuv muzokaralari Pekinda 21-23 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Aytilishicha, Xitoy hukumati Falastinga Pekinda yarashuv bo‘yicha maslahatlashuvlar uchun platforma taqdim etgan. Falastinning turli fraksiyalari vakillari o‘rtasidagi muzokaralar bugun, 23 iyul kuni ertalab rasman yakuniga yetgan.

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I fraksiyalarni konsensusga erishgani bilan tabrikladi. Uning ta’kidlashicha, Xitoy fraksiyalarning yarashuvga qaratilgan sa’y-harakatlarini olqishlaydi. Hujjatning imzolanishiga Isroil rasmiylari hozircha javob bermagan.

"Bosh kotib Falastin fraksiyalari tomonidan Pekin deklaratsiyasi imzolanganini olqishlaydi. Bu Falastin birligini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir. Bosh kotib fraksiyalarni barcha kelishmovchiliklarni muloqot orqali yengib o‘tishga chorlaydi va o‘z zimmalariga olgan barcha majburiyatlarini bajarishga chaqiradi”, deydi BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.

Hujjatni imzolash marosimida HAMAS delegatsiyasi rahbari Muso Abu Marzuk “Bu tarixiy lahzadir” dedi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir “kelishuv kursini yakunlash va poytaxti Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini yaratish” uchun ushbu deklaratsiyani amalga oshirish muhim.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin fraktsiya Pekin HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made