Abdulla Aripov yana Bosh vazir bo‘lishi mumkinmi?
Jamiyat
−
18 yanvar 2020
7387Bugun, 18 yanvar kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 53 nafar deputatdan iborat O‘zLiDeP fraksiyasi tuzildi. Fraksiya raisligiga partiyaning amaldagi raisi Aktam Xaitov tasdiqlandi.
Ayni vaqtda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Majlis kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga 2019 yil 22 dekabr va 2020 yil 5 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan saylovlarda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining ishtirokidagi yakunlari muhokama qilinadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taklif etish to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadi.
Ayni vaqtda Hukumat raisligiga nomzod o‘laroq Abdulla Aripov nomzodi taklif etilmoqda.
LiveBarchasi