IIBB: Instagramʼdagi “zo‘ravon”lar ushlandi

Jamiyat

image

Instagram ijtimoiy tarmog‘ining Greenrapoff nomli foydalanuvchisi sahifasidan tarqatilgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda, 3 nafar noma’lum shaxslar jonli muloqotda internet foydalanuvchilariga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatayotganligi aks etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB tomonidan tezkor ravishda surushtiruv ishlari olib borilib, ushbu shaxslar Toshkent shahar Shayhontohur tumanida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan Shohjahon A. va 1999 yilda tug‘ilgan Jamshid H. ekanligi aniqlanib, ushlangan. Videodagi holat shu yilning yanvar’ oylarida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan.

Ushbu shaxslar bilan IIBBda profilaktik suhbat o‘tkazilib, xatti harakatlari yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha Toshkent shahar IIOga yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Instagram

Baholaganlar

580

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing