“Igora” kurort majmuasida MDH sammiti boshlandi (video)
Olam
−
25 dekabr
2815Rossiyaning Leningrad viloyatidagi “Igora” butun mavsumiy kurort majmuasining muz saroyida MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tmoqda.
Sammitda Sankt-Peterburgga amaliy tashrif bilan borgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etmoqda.
Sammitda faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Prezident Putin yig‘ilish avvalida Qozog‘istondagi aviahalokat munosabati bilan yig‘ilganlar nomidan hamdardlik bildirdi.
"Sizning nomingizdan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va jabrlanganlarning barchasiga hamdardligimni bildirmoqchiman. Ularning tuzalib ketishiga umid qilaylik. Qozog‘iston Prezidenti bilan kelishilgan holda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining samolyoti bortida tibbiyot xodimlari va zarur qo‘shimcha jihozlar bilan Aqtauga uchadi", dedi Putin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan koronavirusga topshirgan test natijasi ijobiy chiqqani uchun MDH sammitida ishtirok etmasligini bildirgandi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev esa Qozog‘istonda sodir bo‘lgan aviahalokat munosabati bilan MDHning norasmiy sammitida qatnashmay Bakuga qaytdi.
LiveBarchasi