Yarash-yarash qilaylik – Rossiya va Turkiya sulh tuzmoqchi

Olam 5038
image

Yuzlab odamlarni hayotiga zomin bo‘lgan Idlib voqealari tugash arafasida turibdi. Ertaga, 5 mart kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda davlat rahbarlari Idlib bo‘yicha yakuniy qarorga kelishi kutilmoqda. Bu haqda Turkiya rahbari parlamentda so‘zlagan nutqida ta’kidlab o‘tdi.

"Biz Moskvada bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda Idlibdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha sulh imzolanishini ko‘zlamoqdamiz", dedi Erdo‘g‘an parlamentda.

Kecha, 3 mart kuni Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va Turkiya rahbarlari ertaga, 5 mart kuni Moskvada uchrashishlarini ma’lum qildi. Peskovning ta’kidlashicha, muzokaralar Idlib inqirozining tugatish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordam beradi.

Ma’lumot uchun, Idlibda Turkiya "Bahor qalqoni" deb nomlangan operatsiya o‘tkazmoqda . Mintaqadagi vaziyat esa kundan kunga jiddiylashib bormoqda. Xususan, kecha Idlib osmonida Suriya hukumatiga tegishli samolyot urib tushirilgandi . Bugun, 4 mart kuni esa Idlibning sharqida kimyoviy qurol ishlatilgani aytilmoqda.

Nurulloh Sharipov

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 150
Reyting: 2.9
t
×