Turkiya Suriyaning yana bir samolyotini urib tushirdi

Olam

image

Bugun, 3 mart kuni Turkiya Mudofaa vazirligi mamlakat qo‘shinlari Suriya qurolli kuchlarining samolyotini urib tushirganini ma’lum qildi.

"Bahorgi qalqon” operatsiyasi davomida rejim kuchlariga (Bashar Asad hukumati) tegishli L-39 rusumidagi samolyot urib tushirildi", deyiladi Turkiya mudofaa vazirligining Twitter’dagi sahifasida.

Suriya ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, "Suriya" telekanali, samolyotning o‘qqa tutilganini tasdiqlagan, ammo uning urib tushirilgani haqida aniqlik kiritmagan. 

"Idlibdagi terrorchi guruhlarga qarshi harbiy operatsiyada ishtirok etgan samolyotlarimizdan biri turk kuchlari tomonidan o‘qqa tutildi", deyiladi telekanal xabarida.

1 mart kuni Suriya Mudofaa vazirligi Turkiyaning F-16 samolyoti Suriya havo kuchlariga tegishli ikkita samolyotni urib tushirdi, uchuvchilar omon qolishga muvaffaq bo‘lgan. Turkiya mudofaa vazirligining bayonotida aytilishicha, turk samolyotlariga hujum qilgan ikkita Su-24 samolyoti urib tushirilgan.

Avvalroq, Turkiya rasman Suriyaning Idlib viloyatidagi voqealarga qarshi “Bahor qalqoni” jangovar operatsiyasini boshlaganini ma’lum qilgan edik.

Eslatib o‘tamiz,  joriy yilning 27 fevral kuni Idlibda Suriya harbiy-havo kuchlari tomonidan uyushtirilgan havo hujumi chog‘ida 33 nafar turk harbiysi halok bo‘lgan edi. Shundan so‘ng, Turkiya armiyasi Suriya qo‘shinlari pozitsiyalariga havo va yer usti hujumlaridan javob qaytardi. Unda birdaniga 309 ta Suriya askari o‘ldirildi. 

Turkiya va Suriya o‘rtasidagi munosabatlar daqiqa sayin taranglashib bormoqda. Rasmiy Anqara Asad rejimi Rossiya va Erondan dastak olayotganini iddao qilmoqda. Ayni vaqtda ushbu to‘rtlik – Turkiya, Suriya, Rossiya va Eron o‘rtasida allaqachon axborot urushi boshlanib bo‘ldi. Mamlakatlarning axborot tarqatuvchi ichki va tashqi resurslari bir-biriga bo‘hton yog‘dirish bilan band bo‘lib qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing