Ichki yo‘llarga umuman qaralmagan - Hokim o‘rinbosari (video)

Jamiyat

Toshkent viloyatining ichki yo‘llari e’tibordan chetda, umuman olganda ichki va mahalla yo‘llarining ta’mirlanmay qolayotganligi yuzasidan viloyati hokimining o‘rinbosari fikr bildirdi. Bu haqda 8 noyabr kuni Toshkent viloyati hokimligi binosida “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha kommunal sohada olib borilayotgan ishlar: muammo, yechim, istiqbol” mavzusida matbuot anjumanida aytib o‘tildi. 

Anjumanda viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kommunal soha rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdi. 

"Olib qarasak yo‘llarga juda kam ye’tibor berganmiz. Ichki yo‘llarga umuman qaramaganmiz. Katta yo‘llar qilingan, ichki yo‘llar, mahalla yo‘llari qilinmagan. 

Sizlarga uchta raqamni aytishim mumkin. 2017 yildan 2018 yilgacha va 2019 yilda qilingan ishlar bo‘yicha. 2017 yilda jami viloyat bo‘yicha 552 km ta’mirlangan. 2018 yilga kelib 744 km, 2019 yil 1491 km 2018 yilga nisbatan 2 barobar ko‘proq. To‘g‘ri biz hozir shahar tuman qishloqlarni ta’mirlaymizku, nega ayrim ko‘chalar ta’mirlanmayapti degan savol ko‘p tug‘iladi. Bir ikki yilda mavjud ko‘chalarga asfalt yotkizib bo‘lmaydi. 

Dastur asosida ishlayapmiz. Ichki yo‘llar bo‘yicha yana bir hisobotni beraman. 2017 yil 280 km, 2018 yil 494km, 2019 yil 1088 km katta ishlar qilinayapti yo‘llar bo‘yicha. Bugungi kunda dekabr oyigacha avtoyo‘lga topshiriq berilgan. 100 foiz viloyatni xatlovdan o‘tkazish kerak chekka-chekka joylarimiz bor, asfalt bormagan joylarimiz bor. Ularni hammasini xatlovdan o‘tkazib dastur tayyorlashyapti. Mahalla hokimiyatlar bilan birga", dedi Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari
Qobiljon Murodqulovich Hamidov.

Shuningdek, anjumanda Prezidentning farmoishiga asosan bu yil Toshkent viloyatiga 300 mlrlik dastur ajratgani ma’lum qilindi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

OAV Hokim

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing