Ichki ishlar vazirligining sayti xakerlar hujumiga uchragani rostmi?

Jamiyat

−

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar vazirligining rasmiy sayti buzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi munosabat bildirdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yilning 28 avgustdagi 357-sonli qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti Hukumat portali negizida tashkil etilgan Davlat organlari axborot resurslarining yagona platformasiga ulangan. Sayt 2023 yilning oktyabr oyidan www.gov.uz/iiv havolasi orqali test rejimida faoliyat yuritib kelmoqda.

“Ichki ishlar vazirligining www.iiv.uz havolasi orqali yuritilgan rasmiy veb-sayt faoliyati to‘xtatilgan va arxivga olinganini ma’lum qilamiz. Mazkur axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi munosabatda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing