Ichki ishlar xodimini o‘ldirib, jasadini yoqib yuborganlar qamaldi
3-sahifa
−
05 aprel 2023
15175Toshkent shahrida Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasining katta tezkor xodimini o‘ldirib, uning jasadini yoqib yuborgan bir guruh shaxslar uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda poytaxt sudlari Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tuman sudida O‘zbekiston IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi katta tergovchisini o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan uch nafar shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qilgan.
Sud bir sudlanuvchini (1987 yil) Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan 28-moddasi bilan ayblanib, 23 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Shuningdek, 1986 yilda tug‘ilgan yana bir sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan 28-moddasi bilan ayblanib, 23 yilga qamalgan.
Mazkur kodeksning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “i,p” bandlari, 164-moddasi (bosqinchilik) 4-qismi “a” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 1986 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 24 yil hamda JKning 97-moddasi 2-qismi “i,p” bandlari va 164-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 1984 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 24 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi va o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan.
Marhum opasining aytishicha, ukasining do‘konida ishlaydiganlardan bir kishi katta miqdordagi qarzni qaytarmaslik uchun yolg‘on qo‘ng‘iroq qilib, uni qasddan o‘ldirgan. Marhumning jasadi uch kundan keyin topilgan. U ayblanuvchilarga nisbatan bir umrlik qamoq jazosi berilishini so‘ragan.
Ayblanuvchilardan biriga ko‘ra, bu voqea to‘satdan sodir bo‘lgan.
LiveBarchasi