Ichki a’zosiga narkotik yashirgan xorijlik ushlandi
3-sahifa
−
27 Sentabr 2023
11854Giyohvandlik vositasini ichki a’zosiga yashirib bojxonadan olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorij fuqarosi Body ssaner qurilmasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.
Natijada, ushbu shaxs 8 dona o‘ramdagi 376,5 gr “opiy” giyohvandlik vositasini ichki a’zosiga yashirib, O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgani aniqlangan.
Bildirilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda ham Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasining “Oybek” chegara bojxona postida O‘zbekiston hududiga 55 kilogramm narkotik moddasini olib o‘tmoqchi bo‘lgan chet el fuqarosi ushlangandi. Shu oy boshida esa Toshkent xalqaro aeroportida so‘nggi 30 yil ichidagi eng yirik miqdordagi – 8,5 tonna giyohvandlik moddasi to‘xtatib qolingandi.
LiveBarchasi