Ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 28 iyun kuni Sirdaryo viloyatida yuk avtomobili va ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 12:30 larda Sirdaryo tumani “Ziyokor” MFY hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 83-kilometrida Termiz-Toshkent yo‘nalishida sodir bo‘lgan. Isuzu rusumli yuk avtomobili shu yo‘nalishda yo‘lning o‘ng tomon qismida yo‘lovchilarni tushirish uchun to‘xtab turgan 14 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan yo‘lovchi tashuvchi avtobusni orqa qismidan urib yuborishi oqibatida YTH sodir etilgan.

Hodisa oqibatida yo‘lovchi tashuvchi avtobus salonida bo‘lgan 1 nafar yo‘lovchi jarohat olib, Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

“Hozirda Sirdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Spark rusumli avtomobil va skuter mototransport vositasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuzaga kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH avtobus yuk mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing