Ibragimovich tarixdagi eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi

Sport

image

Italiyaning “Milan” futbol klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich tarixdagi eng yaxshi futbolchini tanladi. Bu haqda “La Gazzette dello Sport” nashri xabar bermoqda.

“Eng yaxshi darvozabon – Buffon. Biz “Yuventus”da birga o‘ynadik, bu ajoyib davrlar edi, maxsus jamoa va mening birinchi top klubim edi”, deydi Ibragimovich.

Shuningdek, shved futbolchisi o‘sha davrdagi yana bir jamoadoshi – chexiyalik yarim himoyachi Pavel Nedvedni alohida qayd etgan. 

“Nedved – shunchaki mashina. U mashg‘ulotdan oldin, mashg‘ulot paytida va undan keyin ham ishlardi”, deydi u.

Ibragimovich bir jamoada o‘ynay olmagan zamonaviy futbolchilar orasida u Zidan va braziliyalik Ronaldoni alohida ta’kidlagan:

“Zidan maydonga tushganda, hech kim unga biron narsa bilan qarshilik qila olmasdi. Ronaldo fenomen edi, u mening kumirim bo‘lgan”.

Barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisini tanlashni so‘rashganida, shved Diyego Maradonani tanlab, “Maradona mendan ham yaxshiroq bo‘lgan yagona futbolchi”, deya javob bergan.

Eslatib o‘tamiz, sobiq futbolchi Diyego Maradona joriy yilning 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi, o‘lim sababi yurak etishmovchiligi deb topildi. Uning vafotidan bir kun o‘tib, futbolchi bilan xayrlashish marosimi Buenos-Ayresdagi Prezident qarorgohida tashkil etildi. Maradona Buenos-Ayres yaqinidagi Bella Vista shaxsiy qabristoniga dafn etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Maradona Ibragimovich

Baholaganlar

568

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing