IBF'ning yangilangan reytingida o‘zbek bokschilarining natijasi qanday?
Sport
−
17 iyul 2023 5628 1 daqiqa
Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) iyul oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik professional bokschilarning reytingdagi o‘rni o‘tgan oydagi singari o‘zgarishsiz qolgan.
Makur reyting jadvalidan 3 nafar O‘zbekiston vakili o‘rin olgan bo‘lib, ular quyida keltirilgan:
• Birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev 3-o‘rin;
• Super yengil vazn toifasida (63,5 kg) Shohjahon Ergashev 3-o‘rin;
• Super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) Isroil Madrimov 8-o‘rin.
Ma’lumot uchun, super yengil vazn toifasidagi Shohjahon Ergashev 3-o‘rinda ko‘rsatilgan bo‘lsa ham aslida undan yuqoridagi 2 ta o‘rinda hech kim yo‘q va chempionlikka eng yaqin bo‘lgan bokschi uning o‘zi hisoblanadi. Ayni sababdan IBF Ergashevni mazkur vazn chempioni hisoblangan puerto-rikolik Sabriel Matiasga qarshi jangga buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Butunjahon boks uyushmasi (WBC) iyun oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qilgan edi. Undan 10 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan.
Live
BarchasiIsroil Bayrutga zarba bermoqda
05 aprel