WBC'ning yangi reytingi e’lon qilindi. O‘zbek bokschilaridan kim yuqoriladi?
Sport
−
20 iyun 2023
9196Butunjahon boks uyushmasi (WBC) iyun oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Undan 10 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan. O‘tgan oyda 9-pog‘onada ko‘rsatilgan Azizbek Abdug‘afurov super o‘rta vazn toifasidagi reytingdan chiqarib yuborildi.
Shningdek, birinchi o‘ta yengil vaznda Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona ko‘tarilib, 8-o‘rinni band etdi. Birinchi yarim yengil vazn toifasidagi Murodjon Ahmadaliyev o‘zgarishsiz 4-o‘rinda qoldirildi.
May oyida 9-o‘rinda ko‘rsatilgan yarim yengil vaznli Otabek Xolmatov va super yengil vazndagi Shohjahon Ergashevlar bir pog‘onadan pastlab, 10 va 15-o‘rinda qayd etildi.
Ergashevning vaznidagi Botir Ahmedov 7 pog‘onaga pastlab ketdi va 30-o‘ringa joylashtirildi.
Joriy yilning 18 iyun kuni Eliminator jangida g‘alaba qozongan yarim o‘rta vazndagi Shahram G‘iyosov 1 pog‘ona pasayib, 20-o‘rinni egallagan bo‘lsa, shu vazndagi Jahongir Rasulov esa o‘zgarishsiz 31-o‘rinda qoldi.
Super yarim o‘rta vaznli xorazmlik bokschi Isroil Madrimov bir pog‘ona ko‘tarilib, 5-o‘ringa, super o‘rta vazndagi Bektemir Meliqo‘ziyev esa ikki zina pastga, 19-o‘ringa joylashtirildi.
Bahodir Jalolov WBC reytingining eng og‘ir bokschilari qatorida o‘tgan oydagidagi kabi 17-o‘rinni band etdi.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi