IBA prezidenti Rufat Risqiyevga Malibu-2 sovg‘a qildi

Sport

image

Kecha, 18 iyul kuni Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlev o‘zbekistonlik sobiq bokschi Rufat Risqiyevga “Malibu-2” avtomobilini sovg‘a qildi. Bu haqda prezidentning o‘zi Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Rufat Risqiyevga o‘zbek va jahon boksi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun butun boks oilasi nomidan minnatdorchilik bildirilgan.

“U 1974 yilda jahon boks tarixidagi birinchi jahon chempioni hisoblanadi. Bu bizning tariximiz, biz uni asrab-avaylashimiz kerak. O‘tmishsiz kelajak yo‘q! Bizga qo‘shiling, tarixga e’tibor bering va u haqida gapirishdan tortinmang. Faqat shu yo‘l bilan biz o‘z dunyomizni saqlashimiz mumkin”, deydi Kremlev.

Umar Kremlev bunga qadar Toshkentda bo‘lib o‘tgan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati davomida ham Risqiyevni ko‘rish maqsadida kasalxonaga borib, 10 ming dollar va esdalik uchun chempionlik kamarini topshirgan edi. Shu bilan birga, IBA tomonidan umrbod ming dollarlik maosh ham tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Rufat Risqiyev 1974 yilda ilk bor o‘tkazilgan Jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Keyinchalik u singan qo‘li bilan jang qilgani ma’lum bo‘lgan. U 1976 yilda Monrealdagi Olimpiya o‘yinlarida kumush medalga ega chiqqan. Ushbu o‘yinlarda Risqiyev finalga qadar yetib borgan yagona sovet bokschisi sifatida qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rufat Risqiev IBA Umar Kremlev Malibu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing