IBA Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ustidan shikoyat bilan chiqdi

Sport

image

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) jazoirlik Iman Xelif hamda Xitoy Taypeyi vakilasi Lin Yutingni Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishini ma’qullagani yuzasidan Shveysariya, Fransiya va AQSH sudlariga rasmiy shikoyat bilan murojaat qildi.

Tashkilot o‘z murojaatida AQSH Prezidenti Donald Trampning transgenderlarning ayollar sport musobaqalarida ishtirok etishini taqiqlashga qaratilgan ijro farmoyishini qo‘llab-quvvatladi. IBA barcha sinovlarni oldindan o‘tkazganini va Xelif va Yutingni Olimpiadada ishtirok etishini taqiqlaganini ma’lum qilgani, biroq XOQ bunga e’tibor qaratmaganini da’vo qilib kelmoqda. Umar Kremlyov boshchiligidagi tashkilotning navbatdagi yurishi bu sud bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp transgenderlarni ayollar sport musobaqalarida ishtirok etishini taqiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

IBA Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Xalqaro boks assotsiatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing