IHT G‘azodagi urushni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

Olam

image

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) joriy yilning 7 oktyabridan beri bosib olingan Falastin hududida davom etayotgan, minglab begunoh insonlarning hayotiga zomin bo‘layotgan zo‘ravonlik harakatlarini keskin qoraladi. Bu haqda tashkilotning tegishli bayonotida ma’lum qilindi

“Tashkilot tinch aholi halok bo‘lgani uchun chuqur hamdardlik va G‘azodagi mavjud fojiali gumanitar vaziyat yuzasidan jiddiy xavotir bildiradi”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, IHT tinch aholi manzillariga hujumlar mintaqada tinchlik va barqarorlik uchun o‘ta xavfli ekanligini ta’kidlab, tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga va ikki davlat kelishuviga ko‘ra mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirgan.

Ma’lumot uchun, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti – a’zo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va texnikaviy hamkorligi bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilotdir. U 1964 yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan “Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish” nomi bilan tuzilgan. 

Keyin 70-yillarda ichki mintaqaviy savdo susayib ketgani uchun o‘z faoliyatini to‘xtatgan. 1985 yilda “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti” nomi bilan qaytadan o‘z faoliyatini boshladi. 1992 yilning 28 noyabirida Islomobod shahrida a’zo davlatlar Tashki ishlar vazirlari kengashining favqulodda yig‘ilishida Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekistan, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlari IHTga a’zo bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xon Isroil tomonidan "blokada"ga olingan G‘azodagi tinch aholiga gumanitar yordam yetkazishga to‘sqinlik qilinishi Jeneva konvensiyasiga ko‘ra harbiy jinoyat deb topilishi mumkinligini aytgandi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa Turkiy Davlatlar Tashkilotining 3 noyabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitida Isroilning xalqaro huquqlarga zid harakatlarini batafsil muhokama qilish zarurligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil IHT G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing