“Human”dan jabr ko‘rgan fuqarolarga pullarini qaytarish boshlandi

Jamiyat

image

“Human” xususiy bandlik agentligi rahbari Sh.Fayzullayevning jinoiy harakatlari natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, ATIB “Ipoteka bank” hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlaridan iborat tarkibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda ishchi guruhlar tashkil etilgan. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ishchi guruhlar tomonidan joriy yilning yil 18-19 fevral kuni ish bo‘yicha o‘tkazilgan ijro harakatlari jarayonida 1007 nafar fuqaro o‘zlariga va yaqinlariga yetkazilgan zarar masalasini qaytarish masalasida murojaat etishgan. Jabrlanganlarning 91 nafari respublika hududidan chiqib ketgani aniqlanib, ularning yaqin qarindoshlariga moddiy  zararni qaytarish tartibi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Qisqa muddat davomida 916 nafar undiruvchiga bank xizmat haqi undirilmasdan bank kartasi ochilib, shundan 819 nafariga sud hujjatida ko‘rsatilgan 17,2 mlrd. so‘m pul mablag‘larini o‘tkazilishi ta’minlandi. Shuningdek, bank kartalariga tushgan mablag‘larni fuqarolarning talablariga ko‘ra bir vaqtning o‘zida hech qanday bank xizmat haqlari undirilmasdan naqd pul ko‘rinishida berilmoqda.

“Qolgan 97 nafar undiruvchiga pul o‘tkazishda hujjatlarda texnik xatoliklar aniqlangani sababli, ishchi guruh tomonidan ularni qisqa muddat davomida bartaraf etish va pul mablag‘larini o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda. Shu o‘rinda, moddiy zararni qaytarish masalasida murojaat etmagan 69 nafar fuqarolarimizga hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va yetkazilgan zararlar qisqa muddatda ularning hisob raqamlariga o‘tkazilishini eslatib o‘tamiz”, deyiladi MIB bayonotida.

Hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlari:

1.  Andijon viloyati  Andijon sh. Anisi ko‘chasi 1-uy  Ipoteka bank Andijon viloyat filiali   (90) 268-18-88

2.  Buxoro viloyati  Buxoro sh. Iqbol ko‘chasi 10-uy Ipoteka bank Buxoro viloyat filiali  (93) 682-82-84

3.  Jizzax viloyati  Jizzax sh. Sharof Rashidov ko‘chasi 72-uy Ipoteka bank Jizzax viloyat filiali  (94) 199-70-05

4.  Qashqadaryo viloyati  Karshi shahri. Mustaqillik ko‘chasi 49-uy Ipoteka bank Qashqadaryo viloyat filiali  (97) 310-00-17

5.  Navoiy qiloyati   Navoiy sh. Memorlar ko‘chasi 1a-uy Ipoteka bank Navoiy viloyat filiali  (99) 381-71-51

6.  Namangan viloyati  Namangan sh. Navoiy ko‘chasi 63-uy Ipoteka bank Namangan viloyat filiali  (99) 362-90-55

7.  Surxondaryo viloyati  Termiz sh. Maxmud. Qashgriy 20-uy Ipoteka bank Surxondaryo viloyat filiali  (91) 589-28-25

8.  Samarkand viloyati   Samarqand shaxri. Firdavsiy ko‘chasi 75-uy Ipoteka bank Samarqand viloyat filiali  (97) 575-16-54

9.  Sirdaryo viloyati  Guliston sh. A.Navoiy ko‘chasi 53-uy Ipoteka bank Sirdaryo viloyat filiali  (97) 224-85-85

10.  Farg‘ona viloyati  Farg‘ona sh. Qomus ko‘chasi 38-uy Ipoteka bank Farg‘ona viloyat filiali  (94) 550-95-95

11.  Xorazm viloyati  Urgench sh. O‘zbekiston ko‘chasi 19-uy Ipoteka bank Xorazm viloyat filiali  (99) 500-88-86

12.  Qoraqalpog‘iston Res.  Nukus shaxri A.Ashurmatov ko‘chasi 97-uy Ipoteka bank Qoraqalpog‘iston Resp. Filiali  (91) 306-40-44

13.  Toshkent sh.  Toshkent sh. Musaqillik shox ko‘chasi 15-uy Ipoteka bank Toshkent shahar Amaliyot boshqarmasi  (99) 488-22-45

14.  Toshkent v.  Toshkent sh. Shirin ko‘chasi 40-uy Toshkent viloyat amaliyot boshqarmasi  (93) 919-20-29


Maqola muallifi

Teglar

bandlik agentligi Human

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing