Diqqat! 181 kishini chuv tushirgan bandlik agentligi rahbari qidiruvga berildi
Jamiyat
−
19 noyabr 2019
8965Xorijga ishga yuborishga mo‘ljanlangan ikki firma rahbariga nisbatan firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridani Tergov Departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, fuqaro Ibrohimjon Januzakov firibgarlik yo‘li bilan moddiy boylik orttirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan chet el davlatiga ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun olinishi lozim bo‘lgan litsenziya olmasdan turib, “Global works resources” MCHJ va “Profelite imp xususiy bandlik agentligi” MCHJ XBAlarni tashkil qilgan. 2017 yil yanvar oyidan 2019 yil avgust oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 181 nafar shaxslarni mazkur jamiyatlar orqali Janubiy Koreya davlatiga 6 oy muddatda ishga yuborishini va’da qilib, ularning har biridan jami 6,5 mlrd so‘m pul mablag‘larini olib, bergan va’dasini bajarmasdan, olingan pul mablag‘larini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Dastlabki tergov jarayonida, Ibrohimjon Januzakovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (takroran sodir etilgan firibgarlik) bilan sirtdan ayblov e’lon qilingan hamda shu kunning o‘zida sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qidiruv e’lon qilingan.
Ish bo‘yicha “Profelite imp xususiy bandlik agentligi” XBA MCHJga moliya xo‘jalik faoliyati yuzasidan hujjatli taftish tayinlangan bo‘lib, tergov jarayonida jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararni o‘rnini qoplash maqsadida, ayblanuvchi Ibrohimjon Januzakovning ko‘char va ko‘chmas mulk ob’ektlariga hamda “Profelite imp xususiy bandlik agentligi” MCHJning O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining fondida mavjud bo‘lgan pul mablag‘lariga band solingan.
Jinoyat ishi bo‘yicha Ibrohimjon Januzakovni yaqin qarindoshlari tomonidan qisman moddiy zararni qoplash choralari ko‘rilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib Januzakov tomonidan yetkazilgan moddiy zararning tergov yo‘li bilan to‘liq qoplash choralari ta’minlanmoqda.
“Agar Siz ushbu fotosuratda ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning qayerda ekanligi haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, shuningdek ushbu shaxsning harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining (71) 231-32-17, (71) 231-35-202, (71) 233-65-34 telefoni yoki “102” maxsus raqamlariga xabar berishingiz so‘raladi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
26 noyabr