Xotinining ahloqsizligi sabab bola o‘g‘irlagan er qamaldi

Jamiyat

Toshkentda 3 yoshli qizaloqni o‘g‘irlab ketgan shaxs 1 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi shunday qaror chiqardi. Bu haqda “Zamon” ko‘rsatuvchida xabar berildi.

Muzaffar ismli yigit Shaxina ismli 4 yashar bolasi bor ayol bilan shar’iy nikoh qurgan. Ayol eri bo‘lsa ham avvalgidek aysh-ishratni kanda qilmay, dugonasi bilan tungi klublarda vaqt o‘tkazgan.

Muzaffar bundan xabar topgach, Shaxinadan o‘zini to‘g‘rilashini va normal hayot tarziga qaytishini so‘ragan, lekin ayol erining gapini pisand qilmay, unga e’tibor bermagan.

Shundan so‘ng, Muzaffar xotinining dugonasi uyidan uning onasi qarovida bo‘lgan 3 yashar qizini o‘g‘irlab ketgan.

“Erkak xotini fohishalik bilan shug‘ullanganini bilmagan va uning dugonasining 3 yashar qizini o‘g‘irlagan. Shu tariqa, u ayol tez-tez yo‘qolib qoladigan xotinini unga topib berishini xohlagan”, deydi Olmazor tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudining sudyasi Muso Yusupov.

Ayollar ichki ishlar idoralariga murojaat qilgan, ko‘rilgan choralar natijasida Muzaffar qo‘lga olingan. Sud, barcha dalillarni hisobga olgan holda, Muzaffarni 1 yilga ozodlikdan mahrum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Toshkent o'g'rilik

Baholaganlar

253

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing