Vladimir Zelenskiy ishni bolalar shifoxonalari ta’minotidan boshladi
Olam
−
16 iyun 2019
5287Ukrainada faoliyat olib borayotgan 100 dan ortiq bolalar shifoxonalariga 200 ta zamonaviy maxsus tez yordam mashinalari beriladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Facebook`dagi sahfasida yozib qoldirdi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, tez yordam mashinalari byudjet mablag‘lari hisobiga emas, homiylar bilan kelishuv asosida sotib olingan. Prezidentning aniqlik kiritishicha, 136 ta Peugeot va Ford maxsus mashinalari shaharlarga. 64 ta Toyota Sequoia va boshqa uzoq masofa yurishga mo‘ljallangan avtomobillar iqlimi issiq qishloq joylarga yuboriladi.
Vladimir Zelenskiy dastlabki 30 ta avtomobil yaqin kunlarda yetkazilishini, qolganlari 3 oy davomida bolalar shifoxonalariga topshirilishini ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, yaqin vaqtlarda barcha shifoxonalar o‘zining zamonaviy avtoparkiga ega bo‘ladi.
Ukraina OAVda Zelenskiy prezidentlik saylovlarigacha ham pullarga ko‘p ham qiziqmagani aytilgan. U odamlarga kulgu ulashish orqali bir necha million dollar ishlab topgani ta’kidlangan. Shuningdek, Zelenskiy bir oylik faoliyati davomida kasal bolalarga og‘ir jinoyatlarda ayblanatyotgan Pyotr Poroshenkoning 5 yillik prezidentligi davomida ko‘rsatganidan ko‘proq e’tibor bergani alohida aytilgan.
Bir narsani alohida ta’kidlash joizki, Vladimir Zelenskiy asli siyosatchi emas. U davlat boshqaruviga kelguncha, teleboshlovchilik va qiziqchilik bilan shug‘ullangan. Ayni shu sababdan ham u odamlarga nima kerakligini biladi deyish mumkin. Axir, barcha davrlarda ham jamiyatdagi eng dolzarb muammolar, odamlarning xohish-istagi xajv ustalarining kulgulari ortida yashirinishi hech kimga sir emas. Ammo Zelenskiy haqida tarmoqlarda turli salbiy fikrlar, kulguga sabab bo‘luvchi axborotlar ko‘payyapti. Bu rus OAVning urinishlari ortidan kelib chiqyapti, chamanda. Xususan, sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgan davlatlarda bu yaqqol seziladi. Negaki, ayni o‘sha mamlakatlarga, jumladan, O‘zbekistonga rus "propoganda"si nisbatan chuqur kirib borgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr