Ukraina Rossiyaning 2500 km içkarisidagi Ozon omboriga zarba berdi

Olam

−

image

Bugun, 24 oktyabr kuni Ukraina dronlari Rossiyaning Omsk viloyatiga hujum qildi. Bu haqda hudud rahbari Vitaliy Xotsenko ma’lum qildi.

Uning ma’lumotlariga köra, dronlar Ukraina çegarasidan 2,5 ming km uzoqlikda joylaşgan Omskning “şimoliy sanoat tuguniga kirib borgan”. Hujum joyiga favqulodda xizmatlar yetib borgan. Viloyatda dron xavfi haqidagi dastlabki xabarlar mahalliy vaqt bilan soat 16:00 atrofida tuşa boşlagan. Topşiriqlar oraliğida Omsk aeroporti yopilgan. Ukrainaning “Exile+” monitoring kanali ma’lumotlariga köra, raketa yonilğisi uçun xomaşyo işlab çiqaruvçi “Omskiy kauçuk” AJ va “Solneçniy” logistika parkidagi yirik Ozon ombori zarbaga uçragan. Ikkala ob’ektda ham yonğinlar çiqqan.

“Omskiy kauçuk” “Titan” xoldingi tarkibiga kiradi va sintetik kauçuk, fenol, atseton hamda boşqa kimyoviy mahsulotlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Korxona quvvati – sutkasiga qariyb 2000 tonna material. Zavod tomonidan çiqariladigan sintetik polimerlar texnika uçun şinalar işlab çiqarişda, maxsus polimer boğlovçi materiallar esa qattiq raket yonilğisini tayyorlaşda qöllaniladi. Bunday turdagi dvigatellar, xususan, “Iskander”, “Topol” va “Yars” komplekslari raketalarida işlatiladi. Kanal ma’lumotlariga köra, şuningdek, maydoni 107 000 kvadrat metrdan oşadigan Ozon omborxona majmuasiga ham hujum qilingan. Xotsenko “Omskdagi logistika markazlaridan biriga” qilingan zarbani tasdiqlagan va xodimlar evakuatsiya qilinganini ma’lum qilgan.

Deyarli 30 million dona tovar siğdira oladigan va sutkasiga 600 000 dan ortiq buyurtmani qayta işlay oladigan, hujumga uçragan Ozon xabi tepasida ulkan tutun ustuni kötarilgan. 2024 yilda Ozon uşbu ob’ektga kiritilgan investitsiyalarni 4 milliard rubldan ortiq deb baholagan. Marketpleys matbuot xizmati Omskdagi omborda sodir bölgan yonğin Ukraina dronlari hujumidan söng boşlanganini bildirgan.

Geolokatsiyaga asoslangan “Supernova+” dastlabki ma’lumotlariga köra, dronlarning tegişi metil-tret-butil efiri işlab çiqarişga möljallangan D-3 va D-5 qurilmalari hududida qayd etilgan. Metil-tret-butil – bu avtomobil benzinini tayyorlaşda qöllaniladigan yuqori oktanli qöşimça. 

“Ukraina Qurolli Kuçlarining dronlari qariyb 3000 km masofani bosib ötgan”, deb yozadi “Exilenova+”.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaning 2800 km içkarisidagi zavodiga zarba bergan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing